info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

“MUSTAQILLIK KUBOGI”: VOLEYBOL BO‘YICHA G‘OLIBLAR ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari doirasida bugun erkaklar o‘rtasidagi voleybol bahslari yakunlandi.

1 daq. 0 Ko'rishlar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari doirasida bugun erkaklar o‘rtasidagi voleybol bahslari yakunlandi.

✍️ Musobaqada “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalardan shakllantirilgan 8 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.

🤝 Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — tarmoq korxonalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamoaviy hamjihatlik va do‘stona aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Bahslar yakuniga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Maxam-Chirchiq” AJ jamoasi

👏 G‘olib va sovrindor jamoalarni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz!

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar