Yangiliklar
“Mustaqillik toʻyi” festivali va “Mustaqillik kubogi” musobaqalari yakunlandi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Oʻzkimyosanoat” AJ tashabbusi asosida D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik toʻyi” festivali hamda “Mustaqillik kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.

Toʻrt kun davomida oʻtkazilgan tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad — mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyatini keng targʻib qilish, tarmoq korxonalari xodimlari oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ularning sport va madaniy tadbirlardagi faol ishtirokini ragʻbatlantirishdan iborat boʻldi.
“Mustaqillik toʻyi” festivali doirasida tarmoq korxonalarida koʻp yillar samarali mehnat qilgan mehnat faxriylari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari oʻtkazildi. Muloqotlar davomida korxonalarda shakllangan mehnat anʼanalari, sohadagi bugungi oʻzgarishlar va yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Festival bilan bir qatorda “Mustaqillik kubogi” doirasida voleybol, stol tennisi, mini-futbol, basketbol va gandbol sport turlari boʻyicha qizgʻin bahslar tashkil etildi. Unda tarmoq korxonalaridan jamlangan jamoalar ishtirok etib, oʻzlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy harakatlarini namoyon etdilar.
Sport musobaqalari ishtirokchilar uchun nafaqat oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazish, balki turli korxonalar vakillari bilan yaqindan tanishish, oʻzaro tajriba almashish va doʻstona munosabatlarni mustahkamlash uchun ham muhim maydon boʻldi.
Tadbirlarning yakuniy qismida musobaqalarda faol ishtirok etgan xodimlar hamda gʻolib va sovrindor jamoalar esdalik sovgʻalari va munosib taqdirlovlar bilan ragʻbatlantirildi.