info@fosforit.uz Dushanba - Juma: 08:00 - 17:00 +998 79 222 00 57
Yangiliklar

MUSTAQILLIK KUBOGI: TARMOQ KORXONALARI SPORT MAYDONIDA BELLASHMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kimyo sanoati tizimida bayram tadbirlari va sport musobaqalari davom etmoqda.

1 daq. 0 Ko'rishlar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kimyo sanoati tizimida bayram tadbirlari va sport musobaqalari davom etmoqda.

🏆 “O‘zkimyosanoat” AJ tashabbusi bilan D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filialida tarmoq korxonalari vakillarini bir maydonda jamlagan “Mustaqillik to‘yi” festivali va “Mustaqillik kubogi” musobaqalari tashkil etildi.

Tadbirlar nafaqat kuchlilarni aniqlash, balki turli korxonalarda mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida o‘zaro muloqot, sog‘lom raqobat va jamoaviy birdamlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

🏓 Bugun sport maydonlarida ayollar va erkaklar stol tennisi va voleybol musobaqalari bo‘yicha bahslar boshlandi.

🏐 Musobaqalardagi ko‘tarinki kayfiyat, jamoalarning g‘alabaga bo‘lgan intilishi va ishtirokchilarning faol qo‘llab-quvvatlashi “Mustaqillik kubogi” bahslariga o‘zgacha ruh bag‘ishlamoqda.

⛹️‍♂️ Oldinda esa basketbol va gandbol bo‘yicha bellashuvlar hamda yangi sport natijalari kutmoqda.

So'nggi yangiliklar

Yangiliklar